Iqtisodiyot – bu resurslar qanday boshqarilishi va kompaniyalar, davlatlar va butun dunyo farovonligiga ta’sir qiluvchi qarorlar qanday qabul qilinishi haqidagi fandir. Bu yo‘nalish tahliliy fikrlashni, global jarayonlarni tushunishni va moliya hamda boshqaruv sohasida muvaffaqiyatli martaba qurishni istaganlar uchun mo‘ljallangan.
Akademik daraja: Bakalavr
Ta'lim tizimi: Modul-kredit
Yo‘nalish haqida
Dastur kuchli tahliliy kompetensiyalarga ega bo‘lgan keng profilli iqtisodchilarni tayyorlaydi. Talabalar bozorlar qanday ishlashini o‘rganadilar, korxonalar va tarmoqlar faoliyatini tahlil qiladilar, iqtisodiy tendensiyalarni prognoz qiladilar. Dastur ma’lumotlar bilan ishlash, iqtisodiy modellarni qurish va samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zamonaviy dasturiy vositalardan foydalanishga alohida e’tibor qaratadi.
O‘quv dasturi
O‘qish davomida siz quyidagi asosiy fanlar va yo‘nalishlarni chuqur o‘rganasiz:
Amaliyot va tajriba
Talabalar banklarda, sug‘urta va investitsiya kompaniyalarida, yirik korxonalarning reja-iqtisodiyot va moliya bo‘limlarida, shuningdek, davlat organlarida (Iqtisodiyot va moliya vazirligi, soliq qo‘mitalari) amaliyot o‘taydilar.
Bitiruvchilar quyidagi lavozimlarda ishlay oladilar: