Search

images/rahbarlar/2025-04-03-19-13-29_4f22967ed1777d36350f4e7c24fa95d3.png

VAKANT

rektor maslahatchisi
O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari, farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etadi;
 Talaba yoshlar ongiga milliy istiqlol g’oyasini singdirish, maʼnaviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlarni olib borishning amaliy, taʼsirchan mexanizmlarini shakllantirishni amalga oshiradi;
 Har tomonlama rivojlangan va yetuk shaxsni, mustaqil davlat fuqarosini, o’z Vatanining fidoyisini, xalq, jamiyat va oila oldidagi o’z masʼuliyatini to’la his qiluvchi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qiluvchi, Vatanimiz kelajagi uchun vijdonan va halol mehnat qiluvchi kadrlarni shakllantirishda Universitet rektoriga takliflar kiritib boradi;
 Maʼnaviy-maʼrifiy jarayonni demokratik boshqarish va izchil takomillashtirib boradi;
 Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqish hamda ularning qatʼiy amalga oshirilishini nazorat qilish tizimini vujudga keltiradi;
 Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimi uchun zarur meʼyoriy hamda uslubiy hujjatlar, amaliy tadbirlar rejalarini ishlab chiqadi;
 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan qaror va farmonlarni talabalarga, professor o’qituvchilarga o’z vaqtida yetkazish hamda har tomonlama tushuntirishni tashkil qilish, buning uchun maxsus kurslar, turli mavzulardagi maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvlar, bahs-munozaralar, muloqotlar, suhbat, savol-javob kechalarini uyushtiradi;
 Universitet professor-o’qituvchilari va talabalari o’rtasida jamiyatni erkinlashtirish talablariga mos ijtimoiy muhitni shakllantiradi;
 Demokratik va huquqiy davlat barpo etishda talabalardagi maʼnaviy boqimandalik kayfiyatini yo’qotish, ularda tafakkur islohatlarini amalga oshirishga tabiiy ehtiyojni shakllantirishda ko’maklashadi;
 Huquqiy tarbiyani amalga oshirish va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida huquq tartibot idoralari bilan hamkorlikda ishlaydi;
 Universitet mol-mulkiga o’zining mol-mulkidek munosabatda bo’lib, asrab-avaylaydi;
 Mamlakat hayotiga va xalqaro hayotga oid axborotlarni talabalarga yetkazish tizimini tashkil etadi.
106