Поиск

images/rahbarlar/2025-04-04-09-45-56_403bff2e405a31143fbba5c588e7d011.jpeg

Kubayeva Mavluda Baxtiyor qizi

Universitet kotibi
2009-2013 yy. - Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi
2011-2014 yy. - Navoiy shahar 18-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachi
2014-2016 yy. - Navoiy shahar 10-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachi
2016-2020  yy - Navoiy shahar 26-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagog-uslubchi
2018-2020 yy - Navoiy davlat pedagogika instituti magistri
2020- 2023 yy - NavDPI  katta o’qituvchisi o‘qituvchisi
2023-y.h.v      Navoiy innovatsiyalar universiteti dotsenti, universitet Kengash kotibi
Har oyda o’tkaziladigan Universitet Kengashi majlisining ish rejasi bo’yicha tegishli sohalar mas’ullariga qaror loyihalarini tayyorlash bo’yicha xabar berish va uni nazorat qilib borish;
Kengash a’zolarini Kengash yig’ilishlarida ishtirokini ta’minlash va ularga majlis kuni hamda vaqti haqida xabar berish;
Kengash qarorlari loyihasini mas’ullardan o’z vaqtida olish, ularni rasmiylashtirish va Kengash a’zolariga tarqatish;
Kengash qarorlari ijrosi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirish;
Kengash qarorlari mas’ullar tomonidan bajarilmagan taqdirda yozma ravishda Kengash raisiga hisobot berish;
Kengash qarorlari bayonnomalarini rasmiylashtirish va Kengash raisi hamda kotibi tomonidan imzolab tasdiqlanishini ta’minlash;
Kengash tasdiqlagan hujjatlar va bayonnomadan ko’chirmalarni asliga to’g’riligini tasdiqlashni ta’minlash;
Kengash qaroriga muvofiq professor, dotsent ilmiy unvonini olishga talabgorlarning hujjatlarini ko’rib chiqish va belgilangan tartibda ilmiy unvonga tasdiqlash uchun taqdim etish hamda hujjatlarni Oliy attestatsiya komissiyasiga kengash raisi imzosi bilan jo’natish;
Kengash tomonidan tasdiqlangan doktorlik dissertatsiyasi mavzulariga bayonnomadan ko’chirmani tasdiqlashni amalga oshirish;
O’quv yili davomida professor-o’qituvchilar tarkibidan bo’sh o’rinlar va tanlov muddati tugaganlar uchun ommaviy axborot vositalarda e’lon berish;
Kafedra mudiri, professor lavozimlariga kafedralar bo’yicha vakant lavozimlarga yopiq ovoz berish yo’li bilan tanlov o’tkazishni rasmiylashtirish;
Professor-o’qituvchilarning ilmiy ishlar ro’yxatini Kengashga tasdiqlash uchun taqdim etish;
Kengash bayonnomalarining yig’ma jildini belgilangan tartibda rasmiylashtirish va o’rnatilgan muddatda arxivga topshirish;
Kengash rejasi tasdiqlangandan so’ng kengash raisi imzolashini ta’minlash;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’at qarorlari hamda buyruqlari asosida ish rejasiga o’zgartirish kiritish yuzasidan Kengashga qaror loyihalarini taqdim qilish;
Kengashi yig’ma jildlar nomenklaturasini doimiy tarzda yuritish va barcha hujjatlar monitoringini amalga oshirish.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalarni puxta bilish;
Universitet Ichki tartib-qoidalari, Odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablariga rioya qilish;
Universitet mol-mulkiga o’z mol-mulkiga bo’lgandek munosabatda bo’lish.
95