Поиск

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETIDA 2024-YILDA O‘TKAZILISHI REJALASHTIRILGAN
“RAQAMLASHTIRISH DAVRIDA MAKTABGACHA TA’LIMNING GLOBAL KELAJAGI: TA’LIM, TARBIYA MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” MAVZUSIDAGI XALQARO MIQYOSDAGI ILMIY-AMALIY ANJUMAN AXBOROT XATI O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 20- martdagi 76-sonli buyrug‘iga binoan 2024-yil 22 oktyabr kuni Navoiy innovatsiyalar universitetida Xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tadi ILMIY-AMALIY ANJUMAN YO‘NALISHLARI: 1. Maktabgacha ta’lim samaradorligini oshirishda xorijiy tajribalardan foydalanish; 2. Maktabgacha ta’limda zamonaviy innovatsion axborot texnologiyalaridan foydalanish; 3. Maktabgacha ta’limda axborot xavfsizligini ta’minlash yo‘llari; 4. Maktabgacha ta’lim sohasida boshqaruv jarayonini monitoring qilish tizimi; 5. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy faoliyatga innnovatsion yondashuvlar; 6. Raqamli texnologiyalar davrida ixtirochi tarbiyachilarni tayyorlashning muammolari va yechimlari. Tashkiliy qo‘mita manzili: Navoiy viloyati, Karmana tumani, Toshkent ko‘chasi 39-uy.