Qidirish

“Kelajakka qadam” loyihasi bilan  yangi marralar,
rejalar sari intilish  
 
     Navoiy innovatsiyalar universitetida Davlatimiz Rahbarining 2025-yil 14-fevralda e’lon qilingan "Oliy ta'lim tashkiloti bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko'maklashish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori ijrosiga bag’ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
 
 
       Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Markaziy bank hamda "O‘zmillibank" AJ mas’ul xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan muloqotda universitet rahbariyati va professor-o‘qituvchilar qatnashdi. 
 
 
      Muloqotda ushbu dastur imkoniyatlari bilan  talabalarni chuqur tanishtirish, ularning g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Bitiruvchi talaba yoshlar uchun yaratilayotgan barcha imkoniyatlardan maqsadli foydalanish va o‘z g’oya va bizneslarini qo‘llab-quvvatlanayotganligiga to‘xtalib o‘tildi.  
 
 
       Shuningdek, har bir bitiruvchi talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflari bilan bank mas’ullariga kredit olish tartibi va yengilliklari to‘g'risidagi murojaat etdi.
 
 
      Bitiruvchilar bandligini  ta’minlashda manfaatdor tashkilotlar oldidagi asosiy vazifalar talabalarning maqsadlariga xizmat qilishi muhimligi xususida bo‘lib o‘tdi.