Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida Navoiy innovatsiyalar universitetining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu universitet viloyatdagi ikkinchi nodavlat oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, endilikda 16 ta yo‘nalishda bakalavr va 3 ta yo‘nalishda magistrlar tahsil oladi.Universitet zamonaviy sharoit va qulayliklar bilan to‘liq ta’minlangan bo‘lib, u Hindistonning "MIT World Peace" universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Bu esa talabalar uchun qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida xorijiy davlatlarda ham tahsil olish imkoniyatini yaratadi. Universitet talabalari zamonaviy o‘quv uslublaridan foydalangan holda, xalqaro darajadagi sifatli ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.Tantanali ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etdi. Bu universitetning faoliyat boshlashi vohada ta’lim tizimining rivojlanishi va xorijiy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.