✨ Navoiy Innovatsiyalar Universitetida “Kelajak soati” darslari
📚 Universitetimizda “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida Kelajak soati mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida:🔹 Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida Prezidentimiz olib borayotgan mustaqil va xalqparvar siyosatning ahamiyati haqida ta’sirli ma’lumotlar berildi.🔹 Talabalarga milliy mustaqillikning qadrini anglatish, mustamlakachilik yillaridagi xalqimiz hayoti haqida tasavvur uyg‘otish orqali mustaqillik mohiyatini chuqur tushuntirishga alohida e’tibor qaratildi.
✨ Bunday darslar yoshlarimizda Vatanparvarlik ruhini mustahkamlash va kelajak uchun mas’uliyatni chuqur his qilishlariga xizmat qiladi.