📚 “Kitob – aql chirog‘i” davra suhbati
✨ Navoiy Innovatsiyalar universiteti Surxondaryo kampusi ARM kutubxonasi Sho‘rchi shahar kutubxonasi bilan hamkorlikda “Kitob – aql chirog‘i” mavzusida davra suhbati tashkil etdi.
👥 Tadbirda kitobning inson hayotidagi o‘rni, kitob o‘qish madaniyati va yoshlarni tarbiyalashda adabiyotning ahamiyati haqida qiziqarli fikrlar bildirildi.
🎯 Talabalar ham faol qatnashib, o‘zlari o‘qigan asarlar va kitobxonlikning zamonaviy usullari bo‘yicha mulohazalarini bo‘lishdilar.
🤝 Bunday tadbirlar talabalarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish va kutubxonalar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.