Search

News

📢 Hamkorlik memorandumi imzolandi!
29.09.2025
893
2025-yil 12-sentabr kuni poytaxtimizda joylashgan Fan va texnologiyalar universiteti hamda Navoiy innovatsiyalar universiteti o‘rtasida o‘zaro anglashinuv Memorandumi imzolandi.
🤝 Ushbu memorandum doirasida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish belgilandi: • Pedagog kadrlar malakasini oshirish; • Malakali professor-o‘qituvchilar almashinuvi va ma’ruza kurslarini o‘qish; • O‘quv-uslubiy hujjatlar (o‘quv adabiyotlar, fan dasturlari, sillabuslar, qo‘llanmalar va boshqalar) almashinuvi; • Professor-o‘qituvchilar va talabalarni seminar hamda konferensiyalarga jalb etish; • Ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish uchun qo‘shma ilmiy laboratoriyalar va vaqtinchalik tadqiqot guruhlarini tashkil etish; • Xalqaro ta’lim, ilmiy loyiha va dasturlarda birgalikda ishtirok etish; • Qo‘shma ilmiy loyihalar, konferensiyalar, seminarlar tashkil etish; • Birgalikda ilmiy ishlar va o‘quv materiallarini nashr etish.
📌 Mazkur hamkorlik ikki oliygoh o‘rtasida akademik salohiyatni rivojlantirish, ilmiy yutuqlarni kengaytirish va sifatli ta’lim jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi.