Bugun Navoiy Innovatsiyalar Universiteti Surxondaryo kampusida 1-kurs talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
📌 Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarning bilim darajasini oshirish, mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda jamoaviy ishlash madaniyatini shakllantirishdan iborat.
Saralash bosqichida talabalar faol ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etishdi. Eng kuchli jamoalar esa keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
✨ Bunday intellektual musobaqalar talabalar dunyoqarashini kengaytiradi hamda ularning kelajakda raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanishlariga zamin yaratadi.