Navoiy innovatsiyalar universiteti Aniq va tabiiy fanlar kafedrasining
“Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish” yo‘nalishi 1-kurs talabasi
Usmanova Sevinch “Quality Publication” ilmiy nashrlar markazi tomonidan
Finlyandiya bilan hamkorlikda o‘tkazilgan
“Transforming Education Through Scientific Discovery” nomli xalqaro onlayn konferensiyada ishtirok etdi. U mazkur anjumanda
“Navoiy Kon-metallurgiya Kombinatida suvni tejashni rivojlantirish bo‘yicha strategik tashabbuslar” mavzusidagi maqolasi bilan qatnashib, “
Ta’limdagi muvaffaqiyatlari uchun” ko‘krak nishoni va sertifikat bilan taqdirlandi. Mazkur muvaffaqiyat munosabati bilan
“TalabaFest–2025” bayram tadbirida
Navoiy innovatsiyalar universiteti rektori va rahbariyat vakillari tomonidan
Sevinch tabriklanib, unga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Usmanova Sevinchni ilmiy yutuqlari bardavom bo‘lishini tilagan holda, unga yangi zafarlarga yetishishini istaymiz!
Navoiy innovatsiyalar universiteti Matbuot xizmati