Search

News

💼 HAFTALIK DOIRASIDA — “MEN TADBIRKOR BO‘LMOQCHIMAN” LOYIHASI
14.10.2025
893
Yosh va iqtidorli qizlarni tadbirkorlikka qiziqtirish, ularning g‘oyalarini rivojlantirish hamda amaliy biznes ko‘nikmalarini oshirish maqsadida Navoiy Innovatsiyalar universiteti hamkorligida viloyat Xotin-qizlar tadbirkorlik kengashi, “Madakor yoshlar”, “Ziyokor ayollar va yoshlar”, “Parvoz” ijtimoiy ko‘mak markazlari, shuningdek “Intilish va taraqqiyot” markazi, “Qizlar ovozi” hamda “Qizlarjon” klublari bilan birgalikda “InnoWomenWeek–2025” — ixtirochi xotin-qizlar haftaligi doirasida “Men tadbirkor bo‘lmoqchiman” loyihasi o‘tkazildi.
💡 Bugungi kunda ayollarning iqtisodiy hayotdagi o‘rni tobora ortib bormoqda. Shu bois ixtirochi va tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri sanaladi.
🚀 “Men tadbirkor bo‘lmoqchiman” loyihasi aynan shu maqsadni ro‘yobga chiqarishga xizmat qildi. Loyiha doirasida yoshlar uchun treninglar, master-klasslar, konsultatsiyalar hamda mentorluk dasturlari tashkil etildi.
📊 Ishtirokchilar o‘z biznes-rejalarini ishlab chiqib, ularni mutaxassis va ekspertlar tomonidan baholatish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu esa yosh tadbirkorlar uchun tajriba almashish, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va hamkorlik muhitini shakllantirdi.
🌟 “Men tadbirkor bo‘lmoqchiman” loyihasi nafaqat tadbirkorlik asoslarini o‘rgatdi, balki ishtirokchilarda o‘ziga ishonch, yetakchilik hamda maqsad sari intilish ruhini yanada mustahkamladi.
Bu kabi tashabbuslar kelajakda muvaffaqiyatli biznes ayollar avlodini shakllantirishga mustahkam zamin yaratadi.