Search

News

🧠 “Zakovat” – bilim va tafakkur sinovi!
14.10.2025
893
2025-yil 8-oktabr sanasida Universitetimizning B blokida “Zakovat” o‘yinlari bo‘yicha Rektor kubogining kuzgi mavsum 1-tur bellashuvi bo‘lib o‘tdi.
🏆 Navoiy Innovatsiyalar Universitetining iqtidorli talabalaridan iborat 15 ta jamoa ushbu bellashuvda ishtirok etdi. O‘yin yakunlari umumiy reyting natijalariga kiritildi.
Bellashuvda quyidagi yo‘nalish talabalari o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazishdi: • Pedagogika va psixologiya • Maktabgacha ta’lim va boshlang‘ich ta’lim • Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili) • Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) • Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)
📚 Ishtirokchilar o‘zining aql-idroki, bilimdonligi va tezkor fikrlash qobiliyatini namoyon etdilar. Ushbu tadbir nafaqat intellektual, balki ma’naviy boylik manbai sifatida ham talabalar bilimiga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirdi.
✨ Bunday musobaqalar esa yoshlarni yanada faol, bilimdon va maqsadli bo‘lishga undaydi.