Search

News

🎓 Navoiy Innovatsiyalar Universiteti rahbariyati tomonidan TTJ talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
14.10.2025
893
2025-yil 8-oktyabr kuni universitet rektori, prorektorlar hamda bo‘lim boshliqlari tomonidan Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
🔹 Uchrashuv davomida talabalarning yashash sharoitlari, ta’lim jarayonidagi faolligi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, shuningdek, ularni ijtimoiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Rektor va rahbariyat a’zolari talabalar fikr va takliflarini tinglab, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdilar.
🌿 Uchrashuv samimiy ruhda o‘tib, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilashga qaratilgan taklif va tashabbuslar ilgari surildi.