Search

News

🎓 Xorijiy olimlar tashrifi!
14.10.2025
893
Bugun Navoiy Innovatsiyalar universiteti Surxondaryo kampusiga Rossiya-Tojikiston (Slavyan) universitetidan xorijiy mehmonlar tashrif buyurishdi.
📌 Tashrif doirasida, filologiya fanlari doktori, professor Shambezoda Khusrav Jamshedovich hamda filologiya fanlari doktori, dotsent Aminov Azimjon Sodikovich ishtirok etdi.
Mehmon olimlar universitet bo‘ylab sayohat qilib, talaba-yoshlar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazishdi. Uchrashuv davomida ta’lim, ilm-fan va madaniyat yo‘nalishlarida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
🏢 Shuningdek, tadbirda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari ham faol ishtirok etishdi.
Tashrif mehmonlarda chuqur taassurot qoldirdi va o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qildi.