š Navoiy innovatsiyalar universiteti magistrlari Mirzachorbogā tarixiy majmuasiga tashrif buyurishdi
Navoiy innovatsiyalar universiteti tarix yo‘nalishi magistrantlarining 20 nafari Buxoro amirlarining yozgi qarorgohi hisoblangan Karmana tumanidagi Mirzachorbog‘ tarixiy majmuasiga ilmiy-amaliy tashrif buyurishdi.Mazkur tashrifdan maqsad — talabalarda tarixiy merosni o‘rganish, milliy qadriyatlarni chuqur anglash hamda tarixiy manbalarni bevosita joyida tahlil qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iboratdir.Tashrif davomida magistrlar Mirzachorbog‘ majmuasining me’moriy tuzilishi, shuningdek, uning Buxoro amirligi davridagi siyosiy va madaniy hayotdagi o‘rni bilan yaqindan tanishdilar.š Ma’ruzachi: (PhD), dotsent Savriyev J.