Navoiy innovatsiyalar universiteti “Konchilik ishi” yo'nalishi KON1 - 6 - 22 va KI - 10 - 23S guruh talabalari ishtirokida Navoiy innovatsion loyihalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash agentligi hamkorligida Navoiy viloyat yoshlar texnoparkida bir kunlik ishlab chiqarish amaliyoti bo'lib o'tdi. Amaliyot davomida talabalarga “Boyitilgan metallar va foydali qazilmalarni qayta ishlash” haqida amaliy bilim va ko'nikmalar berildi.