Sog‘lom turmush tarzi: professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida mini-futbol musobaqasi
11-dekabr, 2024 yil kuni Navoiy innovatsiyalar universitetida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar o‘rtasida mini-futbol musobaqasi tashkil etildi. Ushbu musobaqa orqali universitet jamoasi o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va sport vositasida jamoaviylikni mustahkamlashga qaratildi.
Musobaqa juda qiziqarli bahslarga boy bo‘ldi. Musobaqa natijalariga ko‘ra:
1-o‘ringa Iqtisodiyot kafedrasi jamoasi;
2-o‘ringa Ma'naviyat bo‘limi jamoasi;
3-o‘ringa Ishchi-xodimlar jamoasi loyiq deb topildi.
Sog‘lom hayot sari qadam tashlaylik va sportni hayotimizning ajralmas qismiga aylantiraylik!