Qidirish

"Jamiyat taraqqiyotida kimning o‘rni muhim? – Ilmiy munozara"
   7-yanvar kuni "Ijtimoiy-gumanitar" fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari o‘rtasida "Jamiyatda kimning roli muhim? Erkaklarmi yoki ayollarmi?" mavzusida qiziqarli va mazmunli davra suhbati o‘tkazildi.
 
 
   Mazkur munozara davomida professor-o‘qituvchilar o‘zlarining shaxsiy fikrlarini bildirishdi, ilmiy qarashlarini baham ko‘rishdi va tarixiy hamda zamonaviy dalillar asosida masalani turli nuqtai nazardan yoritishdi.
 
 
    Ushbu davra suhbati nafaqat fikr almashinuvi, balki yangi g‘oyalar tug‘ilishiga ham xizmat qildi. Munozara so‘ngida barcha ishtirokchilar “Haftada bir kitob” loyihasi doirasida Muhammad Yassinning “Zikr qalb sultoni” asarini o‘qib, navbatdagi uchrashuvda asarni birgalikda tahlil qilishga kelishib olishdi.
 
 
   Bu kabi davra suhbatlari ilmiy muhitni yanada rivojlantirishga, professor-o‘qituvchilar o‘rtasida intellektual muloqotni mustahkamlashga xizmat qiladi.