Qizlar ongiga mutafakkir shoir Alisher Navoiy asarlaridagi Vatanni sevish, ota-onaga muhabbat, hurmat, odob-axloq fazilatlarini singdirish, kitobxonlikka va ilm-fan yutuqlariga qiziqishni yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan ushbu tanlovda universitetimizning turli taʼlim yoʻnalishlarida tahsil olayotgan kitobsevar, ijodkor, iqtidorli va zukko qizlarimiz ishtirok etishdi.
To‘rtta shart bo‘yicha bellashgan talaba-qizlar orasida quyidagi ishtirokchilar g‘olib deb topildi:
1-oʻrin — “Filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili” taʼlim yoʻnalishi 1-kurs talabasi Shokirova Jasmina;
2-oʻrin — “Filologiya va tillarni oʻqitish: ingiliz tili” taʼlim yoʻnalishi 1-kurs talabasi Ismatova Jasmina;
3-oʻrin — “Filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili" sirtqi taʼlim yoʻnalishi 1-kurs talabasi Gʻulomboyeva Pokiza.
Birinchi o‘rinni egallagan Filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili” taʼlim yoʻnalishi 1-kurs talabasi Shokirova Jasmina tanlovning tuman bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.