Qidirish

 NIU professor-o‘qituvchilarining ilmiy yutuqlari:
ilmiy salohiyat sari muhim qadam
 
       Navoiy innovatsiyalar universitetida ilm-fan va ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi yutuqlarga yana bir yorqin sahifa qo‘shildi. Universitet Кengashining navbatdagi 6-son yig‘ilishida kengash raisi, s.f.d. (DSc), professor Mavlonov Jo‘rabek Yorqulovich universitet jamoasi nomidan ilmiy unvon va darajaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilarni samimiy muborakbod etdi.
 
 
       Xususan, f.f.f.d. (PhD) Kobulova Nodira Bahodir qizi Universitet Kengashi tavsiyasiga muvofiq dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘ldi. Shu bilan birga, Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasi mudiri, f.f.n. Kadirov Kamoliddin Namozovich professor ilmiy unvonini qo‘lga kiritdi.
 
 
        Ushbu muvaffaqiyatlar universitetning ilmiy salohiyatini yanada yuksaltirish, ta’lim jarayonining sifatini oshirish va yosh tadqiqotchilarni ilmiy izlanishlarga ilhomlantirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam sifatida e’tirof etildi.
 
 
        Navoiy innovatsiyalar universiteti jamoasi bu kabi yutuqlarni yanada ko‘paytirish va ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shish yo‘lida izchil harakat qilishda davom etmoqda.