Qidirish

NIUda kafedra muhokamasi bo'lib o'tdi 
 
      Joriy yilning 6-fevral kuni Navoiy innovatsiyalar universiteti tadqiqotchisi Normurodova Rayhon Uktamovnaning 19.00.05 - Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya ixtisosligi bo'yicha "Oilaviy nizolarda erkak va ayolning psixologik savodxonlik darajasini o'rganish determinantlari" mavzusidagi psixologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasining kafedra muhokamasi bo'lib o'tdi. 
 
 
            Dissertatsiya ishi 100% ovoz bilan keyingi bosqichga tavsiya etildi. Universitetimiz tadqiqotchisi Rayhon Uktamovnani hamda ilmiy rahbari, psixologiya fanlari doktori, professor Safarov Dilmurod Xalimovichni ushbu ilmiy yutuq bilan samimiy qutlaymiz va keyingi bosqichlarda ham ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.