Qidirish

NIU professor-o‘qituvchisining ilmiy yutug‘i!
 
          Navoiy Innovatsiyalar Universiteti professor-o‘qituvchisi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Savriyev Jasur Faxriddinovich yuksak ilmiy maqom – Turon Fanlar Akademiyasining "Akademik" unvoni bilan taqdirlangani munosabati bilan chin dildan muborakbod etamiz!
         Sizning ilm-fan rivojiga qo‘shgan munosib hissangiz yuksak e’tirof etilib, Turon Fanlar Akademiyasining "Akademik" unvoni bilan taqdirlanganingiz biz – Navoiy Innovatsiyalar Universiteti rahbariyati va jamoasi uchun katta sharaf va faxrdir. 
       Ushbu muvaffaqiyat ilm ahli va talabalar uchun yuksak ilhom manbai bo‘lib, kelgusida yangi ilmiy izlanish va yutuqlarga yo‘l ochishiga ishonamiz.
          Sizga mustahkam sog‘liq, ilmiy faoliyatingizda ulkan zafarlar va yangi marralar tilaymiz!
 
Navoiy Innovatsiyalar Universiteti  rahbariyati va jamoasi