Qidirish

Navoiy gаrnizonida Alisher Navoiy tavalludiga
bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
 
         Navoiy gаrnizoni 20022-harbiy qismida muddatli harbiy xizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish maqsadida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.
 
 
           Tadbirda Navoiy innovatsiyalar universiteti tarix fani o‘qituvchilari Ochilov Baxtiyor Shuhratovich va Ruzimurodov Azizbek Shonazarovich ishtirok etib, Alisher Navoiy merosi, uning ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida qiziqarli ma’ruzalar o‘tkazdilar.
 
 
         Ular mutafakkir ijodining zamonaviy ahamiyatini yoritib, harbiy xizmatchilarga tarixiy bilim va tafakkurini boyitishga xizmat qiladigan qimmatli ma’lumotlarni taqdim etdilar.
 
 
             Ushbu ma’rifiy uchrashuv harbiylar uchun milliy o‘zlik va ma’naviy merosga bo‘lgan hurmatni yanada oshirishga xizmat qilib, ularning madaniy-saviyaviy rivojiga o‘z hissasini qo‘shdi.