NIUda Bobur tavalludi munosabati bilan
davra suhbati o'tkazildi
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan NIUda davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo'limi xodimlari, yoshlar yetakchisi, oliygoh Axborot-resurs markazi xodimlari, tyutorlar jamoasi va talabalar ishtirok etdi.
Suhbat davomida Boburning boy ma'naviy merosi, adabiy va tarixiy ahamiyati muhokama qilindi. Shuningdek, buyuk shoir va sarkarda hayoti haqida videorolik namoyish etildi.
Talabalar Bobur qalamiga mansub g'azal va ruboiylarni o'qib, ijodiy muhit yaratdilar. Ushbu tadbir yoshlarga Bobur merosini yanada chuqurroq anglash va qadrlash imkonini berdi.