Qidirish

 Universitetda innovatsion loyihalar taqdimoti
 
 
    Joriy yilning 12-sentyabr kuni Navoiy innovatsiyalar universitetida universitet rahbariyati hamda Raqamli texnologiyalar Vazirligi Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i Alisher Bo‘ronov, Navoiy viloyat hokimining raqamlashtirish bo‘yicha maslahatchisi Xurshid Farmonov ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
 
 
    Suhbat davomida Navoiy innovatsiyalar universiteti professor-o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan dolzarb innovatsion loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.
   Shuningdek, Universitet va Raqamli texnologiyalar Vazirligi Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi o‘rtasida Viloyatda ijtimoiy-iqtisodiy muammolar yechimiga qaratilgan innovatsion loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolashga kelishib olindi.