Qidirish

Assalomu alaykum Navoiy Innovatsiyalar universiteti  professor-o‘qituvchilari hamda aziz talabalar!         
    Til bor ekan,  millat barhayotdir.  Ona tiliga e’tibor va ehtirom bilan qaramoq,  uning har bir so‘z qatlariga yashiringan ma’no jilolariyu,  mazmun teranliklarini idrok etib ulardan huzurlanmoq  ajdodlarimizdan meros, jon qadar aziz O‘zbek tilining sofligi va bardvomligi uchun munosib hissa qo‘shmoq har birimizning muqaddas burchimizdir.          
    Barchangizni milliy g‘urur va iftixorimiz ramzi bo‘lgan O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi bilan chin dildan samimiy muborakbod etaman!  Boy,  jozibali va jarangdor ona tilimiz yana ming asrlar davomida jahon minbarlarida baralla yangrayversin!