Kitob - insonning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql qayrog‘i va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, moʻtabar va muqaddas deb hisoblagan. Shuning uchun kitobga muhabbat, uni qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Kitob - insonning erkin fikrlashi, dunyo qarashining kengayishi, aqlan yetuk bo‘lishi, ma’naviyatining shakllanishida asosiy o‘rinni egallaydi. Kitob o‘qigan insonning aqli charxlanib, ma’naviyati boyib yetuklik sari ildamlayveradi.
Shu munosabat bilan Navoiy innovatsiyalar universitetida 5-dekabr kuni Axborot-resurs markazi hamda Ma'naviyat boʻlimi hamkorlikda "Kitoblar ko`rgazmasi" yarmarkasi tashkil etildi.