Joriy yilning 5-fevral kuni talabalarda Vatanparvarlik tuyg'usini yanada kuchaytirish, ajdodlar merosiga nisbatan faxr tuyg'usini shakllantirish, madaniy merosimizga bo'lgan muhabbatni oshirish maqsadida Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o'qituvchisi M.Qahharova tomonidan Filologiya va tillarni o'qitish( ingliz-tili) yo'nalishi 3-kurs 2-guruh talabalari uchun shahrimizdagi eng qadimiy va diqqatga sazovor joylardan bo'lmish " Qosim Shayx" majmuasiga sayohat uyushtirildi.
Talabalar boy tarixiy merosimizdan xabardor bo'lishdi va yanada ko'proq ma'lumotlarni qoʻlga kiritishdi. Tarixiy majmua talabalarda juda ulkan taassurot qoldirdi.