Qidirish

Bugungi kunda Navoiy Innovatsiyalar Universiteti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.02.2022-yildagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan litsenziya talablari va shartlariga muvofiq vakolatli organ tomonidan berilgan (047758 - raqamli) litsenziya asosida o‘z faoliyatini davom ettirib kelmoqda.
Shuningdek, Universitetda 2024-2025-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari davom etmoqda.
Universitetimizning aziz va hurmatli professor-o‘qituvchilari hamda talabalarimiz!
Bugungi kunda ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Universitetimiz faoliyatiga oid turli xil asossiz xabarlar tarqatilayotganidan xabaringiz bor.
Ushbu xabarlar taʼsirida turli fikrlarga bormasligingizni soʻraymiz. Barchalaringizni xotirjam bo‘lishga chaqirgan holda, tasdiqlangan maʼlumotlarni Universitetning rasmiy internet sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali berib borilishini maʼlum qilamiz!