Qidirish

   
 
    Ishonchli va litsenziyaga oid ma'lumotlarni Adliya vazirligining license.gov.uz saytidan olishingiz mumkin.  Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga ko'ra litsenziyalanadigan faoliyat turlari bilan shug'ullanish huquqini beruvchi litsenziyalarga oid eng ishonchli ma'lumotlar ushbu saytda berib borilishi va bunga oid ma’lumotlar har qanday vazirlik tasdiqlangan ro'yxatlardan ustun turishi eslatiladi.
    Shu o'rinda Ijtimoiy tarmoq kanallari yurituvchilaridan yolg‘on va tekshirilmagan axborotlarni jamoatchilikka tarqatish orqali fuqarolarimizda turli xil tushunmovchiliklarni keltirib chiqarishga yo‘l qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz.
    Maʼlumot uchun: Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning  202-2-moddasiga ko‘ra yolg‘on axborotni tarqatish BHMning 50 baravari miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
    Ayrim ijtimoiy tarmoqlarga tarqalgan xabarlar hamda universitet rahbariyatiga kelgan savollarga javob sifatida shuni ma'lum qilamizki, "NIU NTM" mas'uliyati cheklangan jamiyati (Navoiy innovatsiyalar universiteti)ga berilgan litsenziya mavjud va faol holatda! (https://license.gov.uz/registry/190eb6ad-0b47-4012-ac51-dc8dc2e034cc)