Qidirish

Assalomu alaykum, aziz mehmonlar, hurmatli ustozlar va bitiruvchi talabalar!

Navoi Innovatsiyalar universitetining ilk qaldirg‘och bitiruvchilariga bag‘ishlangan bayramga xush kelibsiz!

Yangi O‘zbekistonda takrorlanmas madaniyatimiz va tariximiz kuchli ma’naviy qadriyatlarga singib ketganligini hammamiz yaxshi bilamiz. Ayni paytda yurtimiz tabiati, mahoabati tog‘lari, bizni yangi marralar sari ruhlantiradigan bepoyon kengliklari bilan chambarchas bog‘liq. Bu noyob xususiyatlar siz yoshlarni boshqa yoshlardan farqlab turadi. Bu borada universitetimiz ham jonajon Vatanimiz ravnaqiga o‘z munosib hissasini qo‘shib kelmoqda. Qisqa davr mobaynida Navoiy innovatsiyalari universiteti bilim, innovatsiya va tadbirkorlik ruhining mustahkam tayanchiga aylanib qoldi. Universitet bu – nafaqat bino yoki kampus, balki u yosh izlanvuchan ong, intiluvchan g‘oyalar va innovatsion yondashuvlar shakllanadigan va rivojlantrladigan maskandir. Hurmatli bitiruvchilar bugun biz bu yerga jasoratingiz, matonatingiz va yutuqlaringizni nishonlash uchun yig‘ildik. Sizlar Navoiy Innovatsiyalar Universitetining ilk bitiruvchisi sharafiga sazovor bo‘ldingiz. O‘ylaymanki, bu yerda o‘qish davomida siz nafaqat bilimga ega bo‘ldingiz, balki dunyoga yangicha nuqta nazardan qarashni ham o‘rgandingiz. Universitetda siz zamonaviy fanlarni o‘rgandingiz, lekin eng muhimi, bu fanlarni amalda o‘zlashtirishni, murakkab muammolarni hal qilish va pedagogik jarayonlarni tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ldingiz. Sizning bilimingiz nafaqat intellektual boylik, balki muvaffaqiyatga erishish yo‘lidagi har qanday to‘siqlarni yengib o‘tishga yordam beradigan kuchli vositadir. Siz katta ahamiyatga ega bo‘lgan bilim egasi bo‘ldingiz va umid qilamizki, siz ushbu bilimingizdan jamiyatimizni o‘zgartirish uchun foydalansiz. Biroq, men sizning ilm dunyosiga sayohatingiz shu yerda tugamasligini ta’kidlamoqchiman. Siz doimo yanada takomillashish va rivojlanishga intilishingiz kerak. Dunyo yorug‘lik tezligida o‘zgarayotganini yaxshi tushunasiz. Shu sababli, siz doimo moslashishga va yangilanishga tayyor bo‘ling, yangi texnologiyalarni o‘rganing, global tendentsiyalarni kuzatib boring. Professor-o‘qituvchi va ustozlaringiz sizga o‘z bilim va tajribalarini taqdim qildilar. Ota-onangiz, aka-ukalaringiz, opa-singillaringiz esa ishonch bildirdilar. Endi siz uchun ushbu qimmatli manbalardan foydalanish va muvaffaqiyatga loyiqligingizni isbotlash vaqti keldi. Sizning yoshligingiz va kuchingiz bebaho boylikdir. Ulardan oqilona va maqsadli foydalaning. O‘z kuchingizga ishoning, yuksaklikka intiling va o‘qishingiz nafaqat imtiyoz, balki jamiyat oldidagi mas’uliyat ham ekanligini unutmang. Hayot yo‘lingizda omad yor bo‘lsin.

Universitetning Ilk Qaldirg‘ochlari!

Rektor Prof. J. Yo. Mavlonov