Navoiy innovatsiyalar universiteti
Öz bilim darajasini va karyerasini keyingi bosqiçga kötarişga intilayotgan har qanday yoşdagi talabalar uçun möljallangan zamonaviy oliy ta'lim muassasasidir. Xalqaro tajribaga ega professional pedagoglar yordamida sifatli ta'lim oliş kafolatlangan. Biz bilan nafaqat bilim va tajribalaringizni oşirasiz, balki xorijiy tillarni mukammal örganiş va kasb-hunar egallaş imkoniyatiga ham ega bölasiz. Universitetimizda 18 ta ta'lim yönalişi va 3 ta mutaxassislik böyiça yuqori malakali kadrlar tayyorlanadi va jahon ta'lim standartlariga mos öquv dasturlari asosida saboq olgan talabalarimiz kelajagi biz bilan kafolatlanadi. Biz talabalarga dunyoning yetakçi oliy ta'lim muassasalarida tahsilni davom ettiriş uçun keng imkoniyatlar eşigini oçib beramiz. AQŞ, Germaniya, Hindiston, Turkiya, Buyuk Britaniya, Latviya singari rivojlangan mamlakatlarda öqiş, sayohat qiliş va işlaş orzungiz biz bilan amalga oşadi. Biz öz kelajagidan hotirjam, bilim va kasbiy mahoratiga işongan, soğlom raqobatga tayyor haqiqiy liderlarni tayyorlaymiz.