Bugungi global raqobat muhiti har bir yoşdan öz ustida doimiy işlaşni, zamonaviy bilimlarga ega bölişni va şaxsiy rivojlanişga jiddiy e’tibor qaratişni talab qiladi. Ayniqsa, talabalar uçun bu davr öz hayot yölini belgilaşda hal qiluvçi bosqiçdir. Şuning uçun ham bizning oliy ta'lim muassasamiz yoş avlodning bilim darajasini va kasbiy salohiyatini keyingi bosqiçga olib çiqiş, ularga xalqaro standartlarga mos ta’lim beriş maqsadida taşkil etilgan.
Universitetimiz har qanday yoşdagi talabalar uçun oçiq. Bu yerda öqiş istagida bölgan har bir inson öz orzulariga yaqinlaşiş, yangi bilimlar egallaş, malakasini oşiriş va zamonaviy kasblarni örganiş imkoniyatiga ega. Ta’lim tizimimiz xalqaro tajribaga ega professional pedagoglar tomonidan olib boriladi. Har bir öquv dasturi çuqur tahlil qilingan, jahon ta’lim standartlariga asoslangan va talabalar ehtiyojlariga moslaştirilgan.
Ta’lim sifati va uning amaliy natijasi biz uçun eng muhim qadriyatdir. Şu boisdan ham, universitetimizda öqitilayotgan har bir fan – bu nafaqat nazariy bilimlar, balki real hayotda qöllaş mumkin bölgan könikmalar jamlanmasidir. Talabalar dars jarayonida innovatsion metodikalar, zamonaviy texnologiyalar va jahon tajribasi asosida saboq oladilar.
Universitetimizda hozirda 16 ta ta’lim yönalişi va 3 ta ixtisoslik böyiça yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanmoqda. Har bir yönaliş tegişli sohadagi zamonaviy talablarga javob beruvçi, öz kasbini puxta egallagan, milliy va xalqaro mehnat bozorida raqobatbardoş bölgan kadrlarni tayyorlaşga qaratilgan. Ta’lim jarayonida talabalarga nafaqat nazariy bilim, balki amaliy maşğulotlar, laboratoriyalar va loyihalar orqali kasbiy könikmalar ham singdiriladi.
Bundan taşqari, universitetimizda xorijiy tillar – ingliz, nemis, koreys va boşqa tillarni çuqur örgatişga alohida e’tibor qaratiladi. Bu esa talabalarimizni nafaqat mahalliy, balki xalqaro bozorlar uçun ham tayyorlaydi. Har bir bitiruvçi zamonaviy kasbga ega bölgan holda, çet tillarini mukammal bilgan, mustaqil fikrlaydigan, kuçli lider sifatida katta hayot sari dadil qadam taşlaşi mumkin.
Bizning universitetimiz xalqaro hamkorlik aloqalariga katta e’tibor qaratadi. Hozirda AQŞ, Germaniya, Buyuk Britaniya, Turkiya, Latviya, Koreya, Hindiston kabi mamlakatlardagi yetakçi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari yölga qöyilgan. Bu esa talabalarimiz uçun tahsilni xorijda davom ettiriş, ikki tomonlama diplom dasturlarida qatnaşiş, xalqaro tajriba orttiriş va global miqyosda öz salohiyatini namoyiş etiş imkonini yaratadi.
Universitetimiz orqali talabalar xalqaro almaşinuv dasturlarida qatnaşib, nafaqat xorijda öqiş, balki öşa mamlakatlarda stajirovka ötaş, sayohat qiliş, yangi madaniyatlar bilan tanişiş va çet ellik talabalar bilan döstona aloqalar örnatiş imkoniyatiga ega böladilar. Bu esa ularning dunyoqaraşi kengayişiga, til könikmalarining yanada rivojlanişiga va şaxs sifatida yetuklaşişiga xizmat qiladi.