Navoiy innovatsiyalar universiteti rahbariyati tomonidan professor-öqituvçilar va xodimlar uçun Yangi yil ayyomi munosabati bilan şahrimizning muhtaşam “Oqsaroy” töyxonasida bayram dasturxoni taşkil etildi.
Bayram tadbiri oliygoh ta'sisçisi Urolbek Normuratov va rektor Jörabek Mavlonovning tabrigi bilan oçildi.
Şundan söng tadbirga taşrif buyurgan mehmonlar diqqatiga NIUning 2024 yil davomida erişgan yutuqlariga möljallangan videorolik taqdim etildi. Unda oliygohning bir yil davomida erişgan yutuqlari, xalqaro hamkorliklari va imzolagan memorandumlari, universitetda bölib ötgan xalqaro doiradagi konferentsiya va universitet grantiga ega bölgan talabalar hursandçiliklari aks etgan bölib, yiğilganlarda iliq taassurot qoldirdi.
Bundan taşqari, yil davomida özining mehnatsevarligi, oliygoh faoliyatiga bevosita öz hissasini qöşganligi va taşkiliy işlarda faol iştiroki uçun professor-öqituvçilar, tyutorlar va xodimlardan bir qançasi pul mukofoti, sayohatga yöllanma, taşakkurnoma va esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar.
Tadbir davomida “Sulton-şou” raqs ansablining yorqin çiqişlari, xonandalarning şöx kuy-qöşiqlari davraga zavq bağişlab, tadbir yakunida barça mehmonlarga Yangi yil sovğalari taqdim etildi.
Yorqin lahzalarga boy bölgan Yangi yil bayrami barçaning xotirasida unutilmas taassurotlar qoldirdi.