🟢 “Raqamlaştiriş davrida maktabgaça ta'limning global kelajagi: ta'lim, tarbiya muammolari va yeçimlari” mavzuida bölib ötadigan uşbu xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya munosabati bilan erta tongdan şahrimizning "Ma'naviyat va ma'rifat markazi" madaniyat saroyining darvozalari mehmonlar uçun keng oçilib, uşbu dargohda anjuman iştirokçilarini tantanali kutib oliş uçun tayyorgarlik jarayonlari boşlab yuborildi.
🟢 Nihoyat kötarinki kayfiyat bilan kirib kelgan ilk mehmonlar Navoiy innovatsiyalar universiteti jamoasi tomonidan qizğin kutib olindi. Mazkur anjumanga Turkiya davlati, Ozarbayjon va Qozoğiston Respublikalaridan taşrif buyurgan xalqaro toifadagi mutaxassislar, Özbekiston Respublikasi Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgaça va maktab ta'limi vazirligidan soha mutaxassislari, yurtimizning oliy ta'lim professor-öqituvçilari, pedagog olimlar, maktabgaça ta'lim sohasi vakillari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda xalqaro ekspertlar taşrif buyurişdi.
🟢 Tadbir avvalida Navoiy innovatsiyalar universiteti rektori J.Mavlonov sözga çiqib, tadbir iştirokçilariga taşriflari uçun minnatdorlik izhor etib, uşbu konferentsiyadan közlangan maqsadning naqadar dolzarb ekanligini, yurtimiz kelajagi bölgan yoş avlod ta'lim-tarbiyasi mas'uliyati avvalo maktabgaça ta'lim dasturida ekanligini ta'kidlab ötdi.
🟢Şundan söng Turkiya davlatidan taşrif buyurgan professor, dr. Seher Balji Çelikka söz berilib, xorijlik mutaxassis maktab yoşigaça bölgan kiçik bolalar uçun sifatli ta'lim muammolarini global darajada samarali hal qiliş, hamkorlikda tezkor yeçim va tizimli yondaşuvlar işlab çiqiş halqaro ahamiyatga ega mavzu ekanligini ta'kidlab ötdi.
🟢 Sözga çiqqan barça qatnaşçilar bu sohada nafaqat Özbekiston, balki butun dunyodagi maktabgaça ta'lim sohasidagi muammo va kamçiliklarni örganiş, tahlil qiliş, yeçimlar va takliflar beriş hamda xorijiy davlatlar tajribalarini örganiş kerakligini ta'kidladilar.
🟡 Şundan söng tadbirga taşrif buyurgan iştirokçilar sertifikatlar bilan taqdirlanib, fotosuratga tuşiş uçun sahnaga taklif etildi. Va bugungi esda qolarli kun tarix zarvaraqlariga muhrlandi.