Assalomu alaykum Navoiy Innovatsiyalar universiteti professor-öqituvçilari hamda aziz talabalar!
Til bor ekan, millat barhayotdir. Ona tiliga e’tibor va ehtirom bilan qaramoq, uning har bir söz qatlariga yaşiringan ma’no jilolariyu, mazmun teranliklarini idrok etib ulardan huzurlanmoq ajdodlarimizdan meros, jon qadar aziz Özbek tilining sofligi va bardvomligi uçun munosib hissa qöşmoq har birimizning muqaddas burçimizdir.
Barçangizni milliy ğurur va iftixorimiz ramzi bölgan Özbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi bilan çin dildan samimiy muborakbod etaman! Boy, jozibali va jarangdor ona tilimiz yana ming asrlar davomida jahon minbarlarida baralla yangrayversin!