Qidiriş

Tilni tanlang

×

Yangiliklar

💼 HAFTALIK DOIRASIDA — “MEN TADBIRKOR BÖLMOQÇIMAN” LOYIHASI
14.10.2025
27
Yoş va iqtidorli qizlarni tadbirkorlikka qiziqtiriş, ularning ğoyalarini rivojlantiriş hamda amaliy biznes könikmalarini oşiriş maqsadida Navoiy Innovatsiyalar universiteti hamkorligida viloyat Xotin-qizlar tadbirkorlik kengaşi, “Madakor yoşlar”, “Ziyokor ayollar va yoşlar”, “Parvoz” ijtimoiy kömak markazlari, şuningdek “Intiliş va taraqqiyot” markazi, “Qizlar ovozi” hamda “Qizlarjon” klublari bilan birgalikda “InnoWomenWeek&ndaş;2025” &mdaş; ixtiroçi xotin-qizlar haftaligi doirasida “Men tadbirkor bölmoqçiman” loyihasi ötkazildi.
💡 Bugungi kunda ayollarning iqtisodiy hayotdagi örni tobora ortib bormoqda. Şu bois ixtiroçi va tadbirkor ayollarni qöllab-quvvatlaş davlat siyosatining muhim yönalişlaridan biri sanaladi.
🚀 “Men tadbirkor bölmoqçiman” loyihasi aynan şu maqsadni röyobga çiqarişga xizmat qildi. Loyiha doirasida yoşlar uçun treninglar, master-klasslar, konsultatsiyalar hamda mentorluk dasturlari taşkil etildi.
📊 Iştirokçilar öz biznes-rejalarini işlab çiqib, ularni mutaxassis va ekspertlar tomonidan baholatiş imkoniyatiga ega böldilar. Bu esa yoş tadbirkorlar uçun tajriba almaşiş, özaro qöllab-quvvatlaş va hamkorlik muhitini şakllantirdi.
🌟 “Men tadbirkor bölmoqçiman” loyihasi nafaqat tadbirkorlik asoslarini örgatdi, balki iştirokçilarda öziga işonç, yetakçilik hamda maqsad sari intiliş ruhini yanada mustahkamladi.
Bu kabi taşabbuslar kelajakda muvaffaqiyatli biznes ayollar avlodini şakllantirişga mustahkam zamin yaratadi.