✨ “Biznesga sayohat” — Navoiyda ayollar salohiyatini röyobga çiqaruvçi loyiha
Oila va xotin-qizlar boşqarmasi, Navoiy Innovatsiyalar Universiteti hamda viloyat Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi hamkorligida taşkil etilgan “Biznesga sayohat” loyihasi hafta davomida samarali tarzda ötkazildi. Mazkur loyiha doirasida 150 nafardan ortiq faol va izlanuvçan xotin-qizlar qatnaşişdi.
📌 Iştirokçilar “Baraka non” MÇJ, şahar Kasbiy könikmalar markazi, viloyat Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi hamda “Çados-2009” MÇJ kabi bir qator yetakçi taşkilot va korxonalarda bölib, quyidagi muhim yönalişlarda nazariy bilimlar va amaliy könikmalarni egallaşdi.
🏢 Navoiy Innovatsiyalar Universitetining talaba-qizlari uşbu loyihada nafaqat faol iştirok etib, balki özlarining taşabbuskorligi, yangiça fikrlaşi va ilğor ğoyalari bilan ajralib turişdi. Ular har bir amaliy maşğulot va seminarlarda öz pozitsiyasini faol himoya qilib, kelajakda öz biznes loyihalarini amalga oşirişga tayyor ekanliklarini körsatişdi.