Qidiriş

Tilni tanlang

×

Yangiliklar

NIU BETT UK–2026 master-klasslarida iştirok etdi
27.01.2026
4
Körgazmaning ikkinçi kunida Navoiy innovatsiyalar universiteti delegatsiyasi Microsoft, White Rose Education, Google, Meta, Lenovo, Dell, Canva, Kahoot, Arbor, Bromcom hamda boşqa yetakçi xalqaro kompaniyalar tomonidan taşkil etilgan tematik master-klass va taqdimotlarda faol iştirok etdi. Mazkur sessiyalar doirasida ta’lim sohasiga möljallangan sun’iy intellekt texnologiyalaridagi eng sönggi yutuqlar, xususan, Copilot+ kompyuterlari, Learning Accelerators, şuningdek Microsoft Teams for Education va OneNote platformalarining takomillaştirilgan funksional imkoniyatlari keng jamoatçilikka namoyiş etildi.Microsoft Education muhandislik jamoasi tomonidan uşbu zamonaviy yeçimlarning ta’lim jarayoniga joriy etilişi orqali şaxsiylaştirilgan öqitiş modelini rivojlantiriş, talabalarning ijodiy salohiyatini oşiriş hamda ularning ta’lim jarayonidagi faolligini kuçaytiriş böyiça amaliy mexanizmlar batafsil tuşuntirib berildi. Şuningdek, Microsoft Education vositalarining Canvas, Sçoology, Brightspace, Blackboard, Moodle va boşqa yetakçi LMS platformalariga bevosita integratsiya qilinişi, axborot xavfsizligi va me’yoriy talablarga muvofiqlik (compliance), qulay va inklyuziv foydalaniş (accessibility) böyiça ilğor xalqaro amaliyotlar taqdim etildi.