Özbekiston milliy pedagogika universiteti va Navoiy innovatsiyalar universiteti örtasida kelişuv memorandumi imzolandi. Memorandumning boş maqsadi - ÖzMPU va NIU örtasida pedagogika sohasida kadrlar tayyorlaşda öquv-metodik, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya hamda axborot-tahliliy faoliyatni takomillaştirişdan iborat.
Hamkorlikning ustuvor vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi:
🔹Navoiy innovatsiyalar universiteti Özbekiston milliy pedagogika universitetini tayanç (yetakçi) oliy ta’lim muassasasi sifatida tan olişi va u tomonidan işlab çiqilgan malaka talablari, öquv rejalari va dasturlari asosida pedagogik ta’lim yönalişlari böyiça mutaxassis tayyorlaş, pedagogika ta’lim yönalişlari talabalarinining akademik almaşinuv dasturlarini yölga qöyiş, professor-öqituvçilar uçun malaka oşiriş kurslari va amaliyotlarni taşkil etiş;
🔹professor-öqituvçilar va talabalarning ilmiy işlarini ustoz-şogird tamoyili asosida taşkil etiş, darsliklar, öquv qöllanmalar va ilmiy maqolalar töplamlarini tayyorlaş va çop etiş böyiça hamkorlik qiliş, kutubxonalar (elektron kutubxonalar), zamonaviy uskunalar va boşqa axborot resurslaridan erkin va töliq foydalaniş imkonini ta’minlaş.
Endilikda ÖzMPU va NIU özaro kelişilgan hamkorlik yönalişlarini samarali amalga oşirişda muntazam aloqalarni yölga qöyişi belgilab olindi.