Qidiriş

Tilni tanlang

×

Yangiliklar

Navoiy Innovatsiyalar universitetida kitoblar körgazmasi.
07.12.2023
20
Kitob - insonning eng yaqin dösti va maslahatçisi, aql qayroği va bilim manbaidir. Kitob fikrlaş quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bölgani uçun ham xalqimiz uni nonday aziz, mötabar va muqaddas deb hisoblagan. Şuning uçun kitobga muhabbat, uni qadrlaş, öqişga iştiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Kitob - insonning erkin fikrlaşi, dunyo qaraşining kengayişi, aqlan yetuk bölişi, ma’naviyatining şakllanişida asosiy örinni egallaydi. Kitob öqigan insonning aqli çarxlanib, ma’naviyati boyib yetuklik sari ildamlayveradi. 
Şu munosabat bilan Navoiy innovatsiyalar universitetida 5-dekabr kuni Axborot-resurs markazi hamda Ma'naviyat bölimi hamkorlikda "Kitoblar körgazmasi" yarmarkasi taşkil etildi.