Işonçli va litsenziyaga oid ma'lumotlarni Adliya vazirligining license.gov.uz saytidan olişingiz mumkin. Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga köra litsenziyalanadigan faoliyat turlari bilan şuğullaniş huquqini beruvçi litsenziyalarga oid eng işonçli ma'lumotlar uşbu saytda berib borilişi va bunga oid ma’lumotlar har qanday vazirlik tasdiqlangan röyxatlardan ustun turişi eslatiladi.
Şu örinda Ijtimoiy tarmoq kanallari yurituvçilaridan yolğon va tekşirilmagan axborotlarni jamoatçilikka tarqatiş orqali fuqarolarimizda turli xil tuşunmovçiliklarni keltirib çiqarişga yöl qöymasliklarini sörab qolamiz.
Maʼlumot uçun: Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 202-2-moddasiga köra yolğon axborotni tarqatiş BHMning 50 baravari miqdorda jarima solişga sabab böladi.
Ayrim ijtimoiy tarmoqlarga tarqalgan xabarlar hamda universitet rahbariyatiga kelgan savollarga javob sifatida şuni ma'lum qilamizki, "NIU NTM" mas'uliyati çeklangan jamiyati (Navoiy innovatsiyalar universiteti)ga berilgan litsenziya mavjud va faol holatda! (https://license.gov.uz/registry/190eb6ad-0b47-4012-ac51-dc8dc2e034cc)