Assalomu alaykum, aziz mehmonlar, hurmatli ustozlar va bitiruvçi talabalar!
Navoi Innovatsiyalar universitetining ilk qaldirğoç bitiruvçilariga bağişlangan bayramga xuş kelibsiz!
Yangi Özbekistonda takrorlanmas madaniyatimiz va tariximiz kuçli ma’naviy qadriyatlarga singib ketganligini hammamiz yaxşi bilamiz. Ayni paytda yurtimiz tabiati, mahoabati toğlari, bizni yangi marralar sari ruhlantiradigan bepoyon kengliklari bilan çambarças boğliq. Bu noyob xususiyatlar siz yoşlarni boşqa yoşlardan farqlab turadi. Bu borada universitetimiz ham jonajon Vatanimiz ravnaqiga öz munosib hissasini qöşib kelmoqda. Qisqa davr mobaynida Navoiy innovatsiyalari universiteti bilim, innovatsiya va tadbirkorlik ruhining mustahkam tayançiga aylanib qoldi. Universitet bu &ndaş; nafaqat bino yoki kampus, balki u yoş izlanvuçan ong, intiluvçan ğoyalar va innovatsion yondaşuvlar şakllanadigan va rivojlantrladigan maskandir. Hurmatli bitiruvçilar bugun biz bu yerga jasoratingiz, matonatingiz va yutuqlaringizni nişonlaş uçun yiğildik. Sizlar Navoiy Innovatsiyalar Universitetining ilk bitiruvçisi şarafiga sazovor böldingiz. Öylaymanki, bu yerda öqiş davomida siz nafaqat bilimga ega böldingiz, balki dunyoga yangiça nuqta nazardan qaraşni ham örgandingiz. Universitetda siz zamonaviy fanlarni örgandingiz, lekin eng muhimi, bu fanlarni amalda özlaştirişni, murakkab muammolarni hal qiliş va pedagogik jarayonlarni tahlil qiliş könikmalariga ega böldingiz. Sizning bilimingiz nafaqat intellektual boylik, balki muvaffaqiyatga erişiş yölidagi har qanday tösiqlarni yengib ötişga yordam beradigan kuçli vositadir. Siz katta ahamiyatga ega bölgan bilim egasi böldingiz va umid qilamizki, siz uşbu bilimingizdan jamiyatimizni özgartiriş uçun foydalansiz. Biroq, men sizning ilm dunyosiga sayohatingiz şu yerda tugamasligini ta’kidlamoqçiman. Siz doimo yanada takomillaşiş va rivojlanişga intilişingiz kerak. Dunyo yoruğlik tezligida özgarayotganini yaxşi tuşunasiz. Şu sababli, siz doimo moslaşişga va yangilanişga tayyor böling, yangi texnologiyalarni örganing, global tendentsiyalarni kuzatib boring. Professor-öqituvçi va ustozlaringiz sizga öz bilim va tajribalarini taqdim qildilar. Ota-onangiz, aka-ukalaringiz, opa-singillaringiz esa işonç bildirdilar. Endi siz uçun uşbu qimmatli manbalardan foydalaniş va muvaffaqiyatga loyiqligingizni isbotlaş vaqti keldi. Sizning yoşligingiz va kuçingiz bebaho boylikdir. Ulardan oqilona va maqsadli foydalaning. Öz kuçingizga işoning, yuksaklikka intiling va öqişingiz nafaqat imtiyoz, balki jamiyat oldidagi mas’uliyat ham ekanligini unutmang. Hayot yölingizda omad yor bölsin.
Universitetning Ilk Qaldirğoçlari!
Rektor Prof. J. Yo. Mavlonov