Aziz döstlar! Navoiy Innovatsiyalar universiteti rahbariyati nomidan barça talaba, ustoz va xodimlarni yangi öquv yili boşlanişi bilan samimiy tabriklaşga ruxsat eting.
Universitetimiz nafaqat yangi öquv yili, balki xalqimiz bilan birga barça vatandoşlarimiz uçun eng ulug' va eng aziz bayram &ndaş; Özbekiston Mustaqilligining 33-yilligini çuqur bilimga ega professor-öqituvçi, murabbiylar jamoasi hamda talabalar bilan birgalikda nişonlamoqda.
Fursatdan foydalanib, bugun men birinçi kursga qabul qilingan talabalarimizga murojaat qilmoqçiman.
Azizlar! Siz Navoiy Innovatsiyalar universitetining katta va ahil oilasiga qöşildingiz. Bu bilan sizlar orzular va munosib kelajak sari juda muhim qadam taşladingiz. Bu sizning ilk ğalabangiz, undan keyin albatta yangi yutuqlarga erişasiz.
Universitetimizda iqtidoringizni namoyon etiş uçun barça imkoniyatlar mavjud. Qat'iyatli va maqsadli böling, öz oldingizga eng murakkab vazifalarni qöying, tinimsiz izlaning va Siz albatta maqsadingizga erişa olasiz. Ulkan salohiyatingizdan bilim va könikma oliş jarayonida keng foydalaning. Universitetda ötkazgan har bir kuningiz siz uçun öz-özini anglaş va rivojlaniş davriga aylansin!
Barça talabalarga öqişlarida muvaffaqiyat, imtihonlarda a'lo baholar, yangi kaşfiyotlar va yutuqlar tilayman!