Diniy ekstremizm va internet: yoşlar ongiga ta’siri
Diniy ekstremizm va internet: yoşlar ongiga ta’siri muhokama qilindi Navoiy innovatsiyalar universitetida dolzarb masalalar böyiça davra suhbati bölib ötdi.
Navoiy viloyati “Tafakkur” tarğibot markazi rahbari Jonibek Şuhratov iştirokida "Ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi hamda “Filologiya va tillarni öqitiş” kafedrasi talabalari uçun “Diniy ekstremizm va internetning yoşlar ongiga ta’siri” mavzusida davra suhbati taşkil etildi.
Suhbat davomida yoşlarning ongiga salbiy ta’sir körsatişi mumkin bölgan omillar, xususan, diniy ekstremizm va internet orqali tarqatilayotgan zararli ğoyalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Şuningdek, bugungi kunning dolzarb mavzularidan biri bölgan Isroil va Falastin örtasidagi murakkab va mudhiş vaziyat ham muhokama qilindi.
Jonibek Şuhratov yoşlarni zararli ğoyalardan himoya qilişda ma’rifat va tafakkur yuksaltirişning ahamiyati haqida töxtalib ötdi. Tadbir davomida jaholatga qarşi faqatgina ma’rifat bilan kuraş olib borişning örni va ahamiyati hayotiy misollar orqali yoritildi.
Davra suhbati barça iştirokçilar uçun qiziqarli va ma’naviy jihatdan boy taassurot qoldirdi. Bunday tadbirlar yoşlar ongiga ijobiy ta’sir körsatadigan ma’rifiy jarayonlarni rivojlantiriş va ularning kelajakda yuksak ma’naviy kamolotga erişişlari uçun muhim ahamiyatga ega.