NIU professor-öqituvçilarining ilmiy yutuqlari:
ilmiy salohiyat sari muhim qadam
Navoiy innovatsiyalar universitetida ilm-fan va ta’lim sifatini oşiriş yölidagi yutuqlarga yana bir yorqin sahifa qöşildi. Universitet Кengaşining navbatdagi 6-son yiğilişida kengaş raisi, s.f.d. (DSc), professor Mavlonov Jörabek Yorquloviç universitet jamoasi nomidan ilmiy unvon va darajaga ega bölgan professor-öqituvçilarni samimiy muborakbod etdi.
Xususan, f.f.f.d. (PhD) Kobulova Nodira Bahodir qizi Universitet Kengaşi tavsiyasiga muvofiq dotsent ilmiy unvoniga ega böldi. Şu bilan birga, Filologiya va tillarni öqitiş kafedrasi mudiri, f.f.n. Kadirov Kamoliddin Namozoviç professor ilmiy unvonini qölga kiritdi.
Uşbu muvaffaqiyatlar universitetning ilmiy salohiyatini yanada yuksaltiriş, ta’lim jarayonining sifatini oşiriş va yoş tadqiqotçilarni ilmiy izlanişlarga ilhomlantiriş yölidagi navbatdagi muhim qadam sifatida e’tirof etildi.
Navoiy innovatsiyalar universiteti jamoasi bu kabi yutuqlarni yanada köpaytiriş va ilm-fan rivojiga munosib hissa qöşiş yölida izçil harakat qilişda davom etmoqda.