Navoiy gаrnizonida Alişer Navoiy tavalludiga
bağişlangan ma’rifiy tadbir bölib ötdi
Navoiy gаrnizoni 20022-harbiy qismida muddatli harbiy xizmatçilarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oşiriş maqsadida buyuk mutafakkir Alişer Navoiy tavalludiga bağişlangan tadbir taşkil etildi.
Tadbirda Navoiy innovatsiyalar universiteti tarix fani öqituvçilari Oçilov Baxtiyor Şuhratoviç va Ruzimurodov Azizbek Şonazaroviç iştirok etib, Alişer Navoiy merosi, uning ilm-fan va madaniyat rivojiga qöşgan ulkan hissasi haqida qiziqarli ma’ruzalar ötkazdilar.
Ular mutafakkir ijodining zamonaviy ahamiyatini yoritib, harbiy xizmatçilarga tarixiy bilim va tafakkurini boyitişga xizmat qiladigan qimmatli ma’lumotlarni taqdim etdilar.
Uşbu ma’rifiy uçraşuv harbiylar uçun milliy özlik va ma’naviy merosga bölgan hurmatni yanada oşirişga xizmat qilib, ularning madaniy-saviyaviy rivojiga öz hissasini qöşdi.