Navoiy innovatsiyalar universiteti va Çuvaş davlat pedagogika
universiteti örtasidagi hamkorlik istiqbollari
Navoiy innovatsiyalar universiteti rektori J.Yo.Mavlonov Rossiya Federatsiyasining Çuvaşiya davlatiga xizmat safari doirasida I.Ya.Yakovlev nomidagi Çuvaş davlat pedagogika universitetiga taşrif buyurdi.
Taşrif çoğida Çuvaş davlat pedagogika universiteti rektori Igor Vladimiroviç Kojanov, ilmiy va innovatsion işlari böyiça prorektor Vladimir Nikolayeviç Ivanov hamda Akademik G.N.Volkov nomidagi Etnopedagogika ilmiy-tadqiqot instituti rahbari Mixeyeva Svetlana Lvovna bilan uçraşuv taşkil etildi.
Uçraşuv davomida universitetlar örtasida etnopedagogika va etnopsixologiya yönalişlari böyiça ilmiy tadqiqotlar olib boriş, talabalar almaşinuvi dasturlarini yölga qöyiş, ilmiy anjumanlar hamda stajirovkalar taşkil etiş kabi masalalar muhokama qilindi. Şuningdek, kelgusidagi istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almaşildi.
Bundan taşqari, Navoiy innovatsiyalar universiteti rektori Çuvaşiyadagi Özbek Milliy Markaziga taşrif buyurib, u yerda özbek millati, madaniyati va qadriyatlariga bölgan e’tibor va hurmat haqida öz taassurotlari bilan örtoqlaşdi. Mazkur taşrif universitetlar örtasidagi ilmiy va madaniy aloqalarni yanada mustahkamlaşga xizmat qilişi kutilmoqda.