Qidiriş

Tilni tanlang

×

Yangiliklar

Korrupsiyaga qarşi birga kuraşamiz!
31.01.2026
1
Navoiy innovatsiyalar universitetida bugun mamlakatimizda davlatimiz rahbari taşabbusi bilan amalga oşirilayotgan keng islohotlarning davomi va tahliliy natijalari sifatida “Korrupsiyaga qarşi birga kuraşamiz!” mavzusida seminar-trening taşkil etildi. Uşbu seminar-trening Özbekiston Respublikasi Boş Prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti Navoiy viloyati boşqarmasi bilan hamkorlikda olib borildi. Seminar-trening davomida  bugungi kunda korrupsiyaga qarşi kuraşiş dolzarb masalaga aylanganligi, korrupsiyaning barça soha rivojiga tösqinlik qiluvçi omil ekanligi, korrupsion holatlar faqat statistik körsatkiç emas, balki jamiyat rivojiga putur yetkazuvçi illat ekanligi alohida ta’kidlandi. Uçraşuv davomida korrupsiyaning bugungi kunda favqulodda holatga aylanib borayotganligi va xalqaro miqyosda va mamlakatimizda bu borada amalga oşirilayotgan islohotlar hayotiy misollar orqali ta’kidlab ötildi. Uşbu tadbirni taşkil etişdan maqsad bugun mamlakatimizda korrupsiyaga qarşi amalga oşirilayotgan çora-tadbirlarni fuqarolar ongiga singdiriş, talaba-yoşlar ongida halollik, mas’uliyat tuşunçalarini kuçaytiriş, turli jinoyatçilikning oldini olişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.